2021-yil 24-aprel kuni Urganch davlat universitetida 28-aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab, “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda UrDU Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Q.Xamrayev, Mehnat mudofaasi va mehnat muhofazasi bo‘limi xodimlari, “Ekologiya va hayot faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda fakultet va bo‘limlardan 13 nafar mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar ishtirok qildilar.
Tadbirni UrDU kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Q.Xamrayev ochib berdi hamda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik ishlari bo‘yicha Urganch davlat universiteti ma’muriyati bilan universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan kelishuvni tanishtirib o‘tdi.
Tadbirda Mehnat mudofaasi va mehnat muhofazasi bo‘limi muhandisi F.Ro‘zimov so`zga chiqib, Mehnat mudofaasi va mehnat muhofazasi bo‘limi faoliyati haqida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, “Ekologiya va hayot faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari mehnat muhofazasining huquqiy-tashkiliy asoslari haqida ma’ruza qildilar. Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qildilar.




