Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

“Xorazm urfiy maqomlari” kitobining taqdimot marosimi bo`lib o`tdi

Bugun, 2021-yilining 13-sentabr sanasida Urganch davlat universitetining Madaniyat saroyida “Xorazm urfiy maqomlari” kitobining taqdimot marosimi bo`lib o`tdi. 

Mazkur loyiha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391 sonli “O`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori hamda o`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish va xalqaro miqyosda keng targ`ib qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “O`zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining “Yo`l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida amalga oshirildi.

Unda Urganch davlat universiteti va Xorazm Ma`mun akademiyasi tadqiqotchilari, Xorazm maqom ansambli va Ixtisoslashtirilgan musiqa san`ati maktabi hamda taniqli maqom ustalari ishtirokida Xorazm vohasida urfga aylangan maqomlarning azaliy namunalari qayta tiklanib, to`ldirilib, zamonaviy nashri yaratildi. Mazkur kitobda maqomlarning nota yozuvlari hamda ijro namunalari maqom ixlosmandlariga taqdim etilmoqda.

Kitobning taqdimot marosimini O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O`zbek milliy maqom san`ati markazi bosh direktori, san`atshunoslik fanlari nomzodi, professor Soibjon Begmatov, Xorazm viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari San’atbek Salayevlar kirish so`zi bilan ochib berib, Xorazm san`at olami xususan, maqom yo`nalishidagi navbatdagi yutuq bilan tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladilar.

Shundan so`ng, UrDU “Musiqa ta`limi” kafedrasi mudiri Botir Rahimov, mazkur kafedra katta o`qituvchisi Rustam Boltayev, Xorazm Ma`mun akademiyasi ilmiy xodimi Raufjon Mahmudov, viloyat “Nuroniy” jamg`armasi raisi Matkarim ota Jumaniyozov, jurnalist Shuhrat Matkarimov, Xorazm Namunaviy maqom ansambli badiiy rahbari G`ofurjon Eshchanovlar so`zga chiqib, mazkur kitobning yaratilishi, uning maqom olamidagi ahamiyati, ichki tuzilishi, kelajak avlodga milliy-ma`naviy meros sifatidagi beqiyos o`rni xususida atroflicha to`xtaldilar.

Taqdimot marosimida ijro etilgan Xorazm milliy klassik kuy-qo`shiqlari tadbirga yanada o`zgacha fayz bag`ishladi. 

urdu.uz;“XORAZM URFIY MAQOMLARI” KITOBINING TAQDIMOT MAROSIMI BO`LIB O`TDI

Ulashish: