Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti abituriyentlarni qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqishga taklif qiladi


Hozirda Urganch davlat universitetida bakalavriat bosqichi uchun 3 ta, magistratura mutaxassisliklari uchun esa  5 ta qoʻshma ta’lim dasturi mavjud.

2021-2022-oʻquv yilida  Urganch davlat universitetida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.

Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning     15-sentabridan  5-oktabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
 
Abituriyentlar quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirib, tahsil olishlari mumkin boʻladi:

BAKALAVRIAT  UCHUN:

Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 20  nafar: 2+2
Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo`yicha)”  ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari  50  nafar: 2+2
Belorus milliy texnika  universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Arxitektura (turlari bo`yicha)” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari  25  nafar: 2,5+2

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI UCHUN:

Altay davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tarix (yo`nalishlar va faoliyat turi bo`yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 6 nafar: 1+1
Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bank ishi  (faoliyat turlari  bo`yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10  nafar: 1+1
Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik  (tillar bo`yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari  10 nafar: 1+1
Mogilyev davlat oziq-ovqat  universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “ Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo`yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari  20 nafar: 1+1
Belorusiya davlat texnologik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kimyoviy texnologiyalar (ishlab chiqarish turlari bo`yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari  10  nafar: 1+1

Eslatib oʻtamiz: Ushbu dasturlar bilan bogʻliq qoʻshimcha ma’lumotlarni universitetning  Matbuot xizmati  (@URDU_PRESSA) telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida talaba bo`lish istagida bo`lsangiz quyidagi havola orqali onlayn ariza topshiring: http://qtd.urdu.uz

Zarur hujjatlar: 
1. Passportning  rus tiliga tarjimasi (notariusdan tasdiqlangan holda) ro‘yxatga olingan joyi nusxasi bilan (PDF shaklda);
2. Abituriyentning 3,5 x 4,5 sm formatdagi  6 ta rasmi (PDF shaklda);
3. Umumiy o‘rta (attestat) yoki o‘rta maxsus (diplom) ma’lumot bo‘yicha hujjatning rus tiliga tarjimasi (notariusdan tasdiqlangan holda) ilovasi bilan (PDF shaklda).                                    

Batafsil maʼlumot uchun call-markaz telefon raqamlari: 
+99862 224-66-04
+99862 224-66-18
+99862 224-66-19
+99862 224-66-35

Ulashish: