Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universitetida "Ta’lim dargohining o‘tgan davrdagi faoliyati va istiqboldagi vazifalari: talabalar kengashi faoliyati misolida" mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

2021-yilning 25-sentabrida Urganch davlat universitetida "Ta’lim dargohining  o‘tgan davrdagi faoliyati va istiqboldagi vazifalari: Talabalar kengashi faoliyati misolida"  mavzusida  ochiq muloqot bo`lib o`tdi.
Mazkur ochiq muloqot Urganch davlat universitetida faoliyati yo`lga qo`yilgan  yangi tuzilma Talabalar kengashining bugungi kundagi faoliyati hamda istiqboldagi vazifalariga bag`ishlandi.
Unda universitet professor-o`qituvchilari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari, blogerlar ishtirok etdilar.
Ochiq muloqotni UrDU Yoshlar masalalari, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori Sanjar Davletov kirish so`zi bilan ochib berib, anjuman ishiga rivoj tiladi.
Shundan so`ng, universitet Talabalar kengashi raisi, Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi Sirojbek Allanazarov so`zga chiqib, Talabalar kengashi tuzilmasining tashkil etilishi, maqsad va vazifalari, o`tgan davrdagi erilishgan yutuqlar, bugungi kundagi faoliyati hamda istiqboldagi rejalari bilan tanishtirdi.
Xususan, mazkur Kengash talaba yoshlarning ijtimoiy-siyosiy qo’llab-quvvatlovchi, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarida o’z aksini topgan ijtimoiy-siyosiy kafolatlarning amalga oshirilishiga ko’maklashuvchi jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi tashkilot ekanligi hamda hozirgi kunda Kengash tarkibida 15 nafar a’zo bo’lib, fakultetlardagi barcha guruhlarda kengash vakillari faoliyat olib borayotganligi qayd etildi.

Ochiq muloqotda talabalar hamda blogerlar tomonida berilgan savollarga javoblar berilib, ularning Kengash faoliyati bo`yicha takliflari yozib olindi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida "Ta’lim dargohining  o‘tgan davrdagi faoliyati va istiqboldagi vazifalari: talabalar kengashi faoliyati misolida"  mavzusida  ochiq muloqot o‘tkazildi

Ulashish