Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Bitiruvchi - 2019” tabiri boꞌlib oꞌtdi


Bugun 12-iyul kuni Urganch davlat universitetida “Jonajon Oꞌzbekistonim, mangu boꞌl omon!” shiori ostida “Bitiruvchi – 2019” tadbiri oꞌtkazildi. Tadbir Oꞌzbekiston respublikasi madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Soꞌngra tadbirni kirish soꞌzi bilan Urganch davlat universiteti rektori B.I. Abdullayev ochib berdi. Shundan soꞌng Kaliforniya davlat universiteti (Fullerton), fizika matematika fanlar doktori, professor Ibragimov Zoirjon Shavkatovich ham oꞌz tabrik nutqi bilan bitiruvchilarni qutladi.      

Bundan tashqari tadbirda qatnashgan faxriy mehmonlar ham oꞌz nutqlari bilan Urganch davlat universiteti bituruvchilarga muvaffaqqiyat tilashdi. Shuningdek, tadbirda Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti bitiruvchisi, 2018-2019 oꞌquv yilida Prezident stipendiyasi sohibasi bo’lgan I.Ismoilova ham o’zining samimiy tilaklarini bayon etdi. Urganch davlat universitetida 2018-2019 oꞌquv yilida jami 1278 nafar, bakalavriatda 10526 nafar, magistraturada 157 nafar, maxsus sirtqi bo’limda 1371 nafar, sirtqi bo’limda 824 nafar talabalar tahsil oldi. Shuni qayd etish joizki, ushbu oꞌquv yilida bakalavriatning 47 yoꞌnalishini 2022 nafar, magistraturaning 21 mutaxassisligi boꞌyicha 57 nafar talabalar tugallashdi. Tadbir juda yuqori drajada oꞌtkazildi. Yosh iste’dodli xonandalar tomonidan ijro etilgan qoꞌshiqlar esa tadbirga yanada koꞌtarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir soꞌnggida bitiruvchilar bilan fotosessiyalar boꞌlib o’tdi.     

Ulashish