Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

“Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” loyihasi doirasida Ozarbayjon delegatsiyasi a’zolari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi

Xorazm vohasining Urganch shahrida 2021-yilning 20-23-oktabr sanalarida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari o‘tkazilayotgani munosabati bilan 2021-yilning 22-oktabr kuni “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” loyihasi doirasida Ozarbayjon Milliy Majlis a’zosi Ganira Pashayeva boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Urganch davlat universitetida bo‘lishdi.  Mehmonlar universitet rahbariyati hamda talaba-yoshlar tomonidan tantanali kutib olindi. 
Tashrif avvalida, universitet Madaniyat saroyida delegatsiya a’zolari ishtirokida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Xorazm viloyat hokimligi vakillari, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, viloyatimizning taniqli ijodkorlari, shoirlar, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. 
Uchrashuvni UrDU rektori Baxrom Abdullayev ochib berib, Ozarbayjon Milliy Majlis a’zosi Ganira Pashayevaga va barcha delegatsiya a’zolariga ushbu  tashrifdan o‘z mamnuniyatini izhor etib, shu kabi tashriflar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning yuqori darajadagi ko‘rinishlaridan biri ekanligini, ikki davlat o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar asosini uzoq o‘tmishga borib taqaladigan mustahkam do‘stlik rishtalari va qardoshlik, madaniyatlar, tillar hamda an’analar mushtarakligining umumiyligini tashkil etishini alohida ta’kidladi. 
Rektor Baxrom Abdullayev universitetning Kengashi qaroriga ko‘ra, Ozarbayjon Milliy Majlisining Madaniyat qo‘mitasi raisi, davlat va jamiyat arbobi, jurnalist, shoira Ganira Pashayevani Urganch davlat universitetining faxriy professori ilmiy unvoni bilan taqdirladi. Shuningdek, madaniyat sohasidagi mahorati, o‘zaro hamkorlikning rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi hamda universitetimizda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtiroki uchun Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbosovga Faxriy yorliqni hamda delegatsiya a’zolariga universitetning ramziy esdalik sovg‘alarini topshirdi. O‘z navbatida, delegatsiya a’zolari ham o‘z esdalik hadyalarini, Ozarbayjon milliy madaniyatini aks ettiruvchi sovg‘alarini tadqim qildilar.
Tadbirda  Toshkentdagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori,  professor Boboxon Sharipov ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib, ikki qardosh xalqning tarixiy yaqinliklari haqida atroflicha to‘xtaldi. 
Uchrashuv davomida, Ozarbayjon Milliy Majlis a’zosi Ganira Pashayevaning  “Addim-addim O‘zbekistan” nomli kitobi taqdimoti ham o‘tkazilib, muallif mazkur kitobi bilan yig‘ilganlarni yaqindan tanishtirdi.
Uchrashuv yakunida mazkur delegatsiya a’zolarining hamda Filologiya fakulteti talabalarining badiiy chiqishlari namoyish etildi.

urdu.uz, “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” loyihasi doirasida Ozarbayjon delegatsiyasi a’zolari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi

Ulashish: