Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ishtirok etgan Xalqaro kuzatuvchilar Urganch davlat universitetida bo‘lishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ishtirok etgan xalqaro kuzatuvchilardan Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi  Osiyo va Yevropa mamlakatlari instituti katta ilmiy xodimi, Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik kengashida jamoat havfsizligi qo‘mitasi raisi Kim Viktor Mixaylovich, Rossiya-Tojikiston (Slavyan) universiteti geosiyosiy tadqiqotlar markazi direktori, xorijiy mintaqashunoslik va tashqi siyosat kafedrasi professori Guzel Maytdinova hamda Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi  A.Baxovaddinov nomidafi Falsafa, siyosatshunoslik va huquq instituti direktori  Xaydarov Rustam Djurabaevichlar 2021 yilning 25-oktabr sanasida Urganch davlat universitetida bo‘ldilar. 
Tashrif mobaynida  Urganch davlat universiteti  O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori  S.Xodjaniyozov hamda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Davletovlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Uchrashuvda mehmonlarga Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati va imkoniyatlari hamda  xalqaro hamkorliklari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, hamkor universitetlarning talabalar almashinuvi dasturlar va qo‘shma  ta’lim dasturlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi.  Shuningdek, kelgusida gumanitar fanlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish  borasida  mazmunli suhbat qurdilar.  
Uchrashuv yakunida ikki tomonning esdalik sovg‘alari almashildi.

urdu.uz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Saylovlarida ishtirok etgan Xalqaro kuzatuvchilar Urganch davlat universitetida bo‘lishdi

Ulashish: