Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universitetida bir guruh matematik olimlarning ma`ruzalari tinglandi

Bugun, 2021-yilning 30-oktabr sanasida xalqaro maktab (CIMPA school) doirasida taniqli akademiklar, matematik olimlar, sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida o`tkazilgan «Kompleks geometriyadagi tendensiyalar» mavzusidagi xalqaro konferensiya kunning ikkinchi yarmida sho`balarga bo`lingan holda o`z ishini davom ettirdi. Birinchi sho`bada Sh.Ayupov, A.Azamov, M.Ilolov, M.Aripov, R.Ashurov, G.Khudayberganov, A.Khasanov hamda E.Sattorov singari O`zbekiston Fanlar akademiyasining akademiklari hamda taniqli matematik olimlarning ma`ruzalari tinglandi. Ikkinchi sho`bada esa respublika hamda xorijiy universitetlarning 70 nafardan ortiq iqtidorli talabalari, magistrant va doktorantlari uchun Anna Fino, Mario Garcia Fernandez, Duong H. Phong, Durvudkhan Suragan singari xorijlik mutaxassislar ZOOM platformasi orqali ma`ruza qildilar. Seminarlar savol-javoblarga va o`zaro bahs-munozaralarga boy bo`ldi.

urdu.uz;URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA BIR GURUH MATEMATIK OLIMLARNING MA`RUZALARI TINGLANDI.

Ulashish