Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi


2021-yil 1-noyabr kuni Urganch davlat universitetida tahsil olayotgan 1-kurs Xorijiy filologiya fakulteti talaba-qizlari bilan UrDU Xotin-qizlar Kengashi raisi Sh.Nurullayeva, fakultet dekani Z.Jumaniyozov, universitet yuristi Sh.Atayev, fakultet xotin-qizlar kengashi raisi R.Abidova, hamkor tashkilot- Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarlik profilaktika boshqarmasining Xotin-qizlar masalalari boʼyicha bir guruh mutaxassislari, jumladan, Urganch tumani IIB Xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori, mayor M.Ximmatova, Urganch shahar 4-son IIB Xotin-qizlar masalalari bo’yicha inspektor leytenant X.Shomuratova hamda Urganch tumani IIB Voyaga yetmaganlar masalalari bo’yicha inspektor-psixolog, mayor D.Saparovalar tomonidan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi. Mazkur profilaktik suhbatdan ko‘zlangan asosiy maqsad 28-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri A.H.Toshqulov rahbarligida va 29-oktabr  kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi tomonidan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi rahbariyati bilan hamkorlikda o’tkazilgan videokonferentsiya yig’ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash,  gender tenglik masalalari mohiyati,  2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati bilan 1-kurs talaba qizlarini tanishtirish, talabalarning yashash tarzi, odob-axloqi, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish hamda talaba-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olish masalasi hamda ichki – tartib qoidalarini yana bir bor eslatishdan iborat bo‘ldi.

urdu.uz, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi

urdu.uz, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi

urdu.uz, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi

urdu.uz, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi

Ulashish: