Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Gavhar Ibodullayeva


 

Gavhar  Ibodullayeva

urdu.uz;Gavhar  Ibodullayeva

Ibodullayeva Gavhar Inoyatovna 1961-yil 18-sentabrda  Turkmaniston Respublikasi, Tashavuz viloyatida tug‘ilgan. 1983-yilda Xorazm davlat pedagogika institutining Filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. O‘qituvchilik faoliyati jarayonida o‘zining chuqur bilimi va iqtidorini  namoyish etib, Xalq ta’limi vazirligining “Katta o‘qituvchi” (1994), “Oliy toifali o‘qituvchi”(1994)  maqomlariga ega bo’lgan. 1994-yilda  Toshkent viloyat, Parkent  tumanida o‘tkazilgan Respublika “Ijodkor o‘qituvchilar anjumani”  g‘olibi bo‘lib, “Ijodkor o‘qituvchi”, 1995-yilda tanlovning mutlaq g‘olibi bo‘lib “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Davlat mukofotlari:

 1) 1997 yil “Shuhrat” medali,

2) 2000 yil “O‘zbekiston belgisi”,

3) 2003 yil “El-yurt hurmati” ordeni,

4) 2011 yil “Mustaqillikning 20 yilligi” nishoni

Ulashish: