Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining 6-soni bo‘lib o‘tdi


2021-yil 12-noyabr kuni Filologiya fakulteti tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining 6-soni bo‘lib o‘tdi. Tanlovda fakultetning o'zbek va rus tili yo'nalishlarining  ilg‘or, shijoatli va iqtidorli, notiqlikka qiziquvchan talaba-yoshlari ishtirok etdi. 
Universitet talaba-yoshlarini ona tilimiz, xususan, o‘zbek tilida ravon va to‘g‘ri so‘zlash, notiqlik san’atini egallashga bo‘lgan havaslarini yana ham kuchaytirish, o‘zbek tili rivojiga hissa qo‘shgan notiq, so‘z san’atkorlari ijodini o‘rganish, targ‘ib qilish, ularning asarlaridagi notiqlik, nutq madaniyatiga oid bilimlarni egallash, davlat tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu ko‘rik-tanlovda   1-o'rinni 206-o'zbek tili guruhi talabasi Sa’dullayeva Sevara, 2-o'rinni  204-o'zbek tili guruhi talabasi Qo'ziyeva Shahrizoda hamda 212-o'zbek tili guruhi talabasi Aqnazarova Sevara, 3-o'rinni esa 192-rus tili guruhi talabasi Saldayeva Kamila va 201-o'zbek tili guruhi talabasi Komiljanova Komila egalladilar. 
Tadbir davomida 191- o'zbek tili guruhi talabalari tomonidan kuy va qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tanlov g'oliblari va faol ishtirok etgan talabalarga   “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri  dots. A.Primov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan diplom va tashakkurnoma  shuningdek,  esdalik sovg‘alar topshirildi.

Ulashish: