Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDUda fakultet dekanlarining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun seminar-treninglar boshlandi


Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʻiga asosan, 2021-yil 19-noyabr sanasida Urganch davlat universitetida  Xorazm viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari fakultet dekanlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga oʻquv-seminarlar boshlandi.

Oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar faoliyatini yanada jadallashtirish, ularning bugungi kunda dunyoda kechayotgan geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan  2 kunlik seminar-treningda Xorazm viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasigi oliy taʼlim muassasalari fakultet dekanlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tyutorlari ishtirok etmoqda.

Seminar-treningni Urganch davlat universiteti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori S.Davletov kirish soʻzi bialn ochib berib, mazkur oʻquv mashgʻulotlarni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad hamda oliy ta’lim tizimida talabalar turar joyi hamda ijaradagi xonadonlarda yashayotgan talabalar, talaba-qizlar, ko‘zi ojiz, nogironligi bo‘lgan va yetimlikda o‘sgan, shuningdek, tarbiyasida muammosi bo‘lgan talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish masalalariga  toʻxtaldi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati haqida maʼruza qildi.

Shundan soʻng, kun tartibidagi masalalari boʻyicha  UrDU O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i G‘.Matlatipov, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti prorektori B.Xusanov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dekan o‘rinbosari Sh.Yegamberdiyev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Besh tashabbus markazi koordinatori A.Amanov,  O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti (PhD), islomshunos X.Sagdiyev (zoomda),  Faxriddin ar Roziy nomidagi o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri D.Abduqodirov,  Xorazm viloyat  Urganch shahar bo‘yicha ichki ishlar idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huquqbuzarlar profilaktikasi bo‘limi voyaga yetmaganlar bo‘yicha inspektor psixolog G‘.Xayitboyev, Vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i  M.Boysariyevlarning  maʼruzalari tinglandi.

urdu.uz;UrDUda fakultet dekanlarining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun seminar-treninglar boshlandi

urdu.uz;UrDUda fakultet dekanlarining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun seminar-treninglar boshlandi

urdu.uz;UrDUda fakultet dekanlarining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun seminar-treninglar boshlandi

urdu.uz;UrDUda fakultet dekanlarining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun seminar-treninglar boshlandi

urdu.uz;UrDUda fakultet dekanlarining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun seminar-treninglar boshlandi

Ulashish: