Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDUda ilk bora fakultet muzeyi tashkil etildi


Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti dekani Dilshod Gʻayipov tashabbuslari  bilan  fakultetining tarixini, unda faoliyat yuritgan ilm ahllarini erishgan yutuqlarini  yosh avlodga yetkazish  va bu orqali talaba-yoshlarni  yanada chuqurroq bilim olishga undash maqsadida "Fakultet tarixi" muzeyi tashkil etildi. Bu muzeyning tarkibidagi eksponatlar va jihozlar fakultet professor-oʻqituvchilarining koʻp yillik samarali mehnatlarini oʻzida mujassam etadi.

Jumladan, Filologiya fakultetida uzoq yillar faoliyat yuritib ketgan, qolaversa, hozirda oʻzining izlanishlari bilan fakultet ilmiy salohiyatiga hissa qoʻshayotgan professor-oʻqituvchilarning kitoblari, fakultet hayotini hamda jamoaning erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi fotolavhalar, faxriy yorliq va diplomlar, hamkorlik aloqalari hamda nufuzli mehmonlarning tashriflaridan iborat lavhalar ushbu muzeydan oʻrin olgan.

Shuningdek, muzeyda televizor joylashtirilgan boʻlib, unda hamisha fakultetda oʻtkazilgan muhim, yirik tadbirlar va namunali dars jarayonlari namoyish qilib boriladi.

Eʼtiborlisi shundaki, mazkur muzeyda “Esdalik va qaydnomalar” daftari shakllantirilgan boʻlib, fakultetga tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar oʻz dastxatlari ila taassurotlarini qayd etib, esdalik qoldirishlari lozim boʻladi. Jumladan, bugun 19-noyabr sanasida ayni kunlarda Filologiya fakultetida mehmon boʻlayotgan f.f.d, professor Nurboy Jabborov va dots. Shahlo Hojiyevalar ushbu muzeyda boʻlib, unda butun bir fakultet tarixi aks etganini alohida e'tirof etdilar.

urdu.uz;UrDUda ilk bora fakultet muzeyi tashkil etildi

urdu.uz;UrDUda ilk bora fakultet muzeyi tashkil etildi

urdu.uz;UrDUda ilk bora fakultet muzeyi tashkil etildi

urdu.uz;UrDUda ilk bora fakultet muzeyi tashkil etildi

 

Ulashish: