Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Shanba an'anasi: prorektorning tyutorlar bilan uchrashuvi


Shu yilning 27-noyabr sanasida UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Sanjar Davletov barcha fakultet tyutorlari bilan uchrashuv tashkil qildi. 

Uchrashuv davomida tyutorlar faoliyati va ularning talabalar bilan munosabati muhokama qilindi. Shuningdek, barcha tyutorlarning faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlari, talabalardagi va ularning yashash sharoiti bilan bog'liq muammolari hamda talaba-yoshlarni bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Uchrashuvda UrDU Bosh yuristkonsulti Sh. Atayev so'zga chiqib, tyutorlarga ularning faoliyatida zarur bo'lgan yuridik ma'lumotlar haqida batafsil tushunchalar berdi. 

Tyutorlar mazkur masalalar bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

Suhbat davomida tyutorlar faoliyatida nimalarga ko'proq e'tibor berish kerakligi bo'yicha batafsil ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

urdu.uz;SHANBA AN'ANASI: PROREKTORNING TYUTORLAR BILAN UCHRASHUVI

urdu.uz;SHANBA AN'ANASI: PROREKTORNING TYUTORLAR BILAN UCHRASHUVI

urdu.uz;SHANBA AN'ANASI: PROREKTORNING TYUTORLAR BILAN UCHRASHUVI

Ulashish: