Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Biologiya yo`nalishi iqtidorli talabasi Isayeva Zaxro Baxrom qizi


Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi 2- kurs talabasi Isayeva Zaxro Baxrom qizi hozirgi kunda “Bug‘doyning sifat belgilari” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda 4 ta tezis 3-ta ilmiy maqolaga ega. O‘quv va tashkiliy ishlardagi faolligi uchun  5 ta sertifikat va 4 ta faxriy yorliq bilan taqdirlangan. 2020-yil 21-24-dekabr kunlarida iqtidorli talabalar uchun Hindistonlik professor Alka Dhingra va UrDU tomonidan Marketing va moliya mavzulari  bo’yicha tashkil qilingan onlayn mashg’ulotlarda faol ishtirok etgan. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika onlayn fan olimpiadasida “Hayvonlar bioximiyasi” fani yo‘nalishida qatnashib, I bosqichda 2-o‘rinni olgan va II bosqichga yo`llanma olgqan. 2021-yil 4-iyun kuni bo‘lib o‘tgan olimpiada Respublika bosqichida ishtirok qilib 60 ballni qo‘lga kiritdi va  maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

O’zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo’llab -quvvatlash “Ulug’bek “ jamg’armasi hamkorligida ilm-fan sohasiga keng jalb etish va ularning tashabbuslarini qo’llab –quvvatlash maqsadida iqtidorli talabalar, doktorantlar va tadqiqotchilar o’rtasida 2021 yilda o’tkazilgan “Yangi O’zbekistonning  iste’dodli yoshlari nomli insholar tanlovida ishtirok etganligi uchun diplom bilan tagdirlandi.

Ulashish: