Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



48 nafar talabaga kontrakt pullari to'lab berildi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 2021-yil 17-sentabrdagi  “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo'q yolg'iz ayollar oliy ta'lim olishini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”qi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida  Urganch davlat universiteti  tomonidan moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda,  48 nafar  talaba-qizlarni birinchi o'quv yilida to'lov-kantrakt mablag'lari to'lab berildi.

✔️11-dekabr sanasida  UrDU rektori Baxrom Abdullayev  Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Sanjar Davletov hamrohligida ana shu  quvonchli  xabarni yetkazish maqsadida  2021-2022 o'quv yilida talabalikka tavsiya etilib, to'lov-kantrakt mablag'lari to'lab berilgan  1-kurs  talaba-qizlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda talaba-qizlarga bugungi kunda Prezident Sh.Mirziyoyevning  oliy ta'lim sohasiga qaratayotgan e'tibori va yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha gapirdilar hamda  ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda  doimo  o'qish va izlanishdan  to'xtamaslikka chaqirdilar.
O'z navbatida,  talaba-qizlar ham  universitetning mazkur moddiy ko'magi uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildirdilar.

urdu.uz, 48 nafar  talabaga kontrakt pullari to'lab berildi

urdu.uz, 48 nafar  talabaga kontrakt pullari to'lab berildi

urdu.uz, 48 nafar  talabaga kontrakt pullari to'lab berildi

Ulashish