Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Tyutorlar uchun doimiy seminar ishining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi


2021-yil 25-dekabr  sanasida UrDU Madaniyat saroyida tyutorlar uchun  doimiy seminar ishining navbatdagi yig'ilishi  bo'lib o'tdi. Unda  Yoshlash bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, psixologlar,  barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Seminar ishida  UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori Sanjar Davletov  yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, yashash sharoiti, ularning muammolari bilan toʻxtovsiz shugʻullanish lozimligi, ularning to'garaklardagi  ishtirokini yanada  kuchaytirish borasida tyutorlarning vazifalari haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Seminar ishida tyutorlarga  RTTM xodimlari tomonidan Hemis tizimida ishlash boʻyicha taqdimotlar orqali tushuntirishlar berildi. 

Seminar ishida Pedagogika fakulteti tyutorlar faoliyatining tajribasi oʻrganildi va taqdimoti asosida muhokama etildi.

Shuningdek,  tyutorlar o'z faoliyatlari davomida uchrayotgan turli xil vaziyatlar yuzasidan savollar bilan murojaat qilib,  zarur javoblarni oldilar.

urdu.uz;TYUTORLAR UCHUN  DOIMIY SEMINAR ISHINING NAVBATDAGI YIG'ILISHI  BO'LIB O'TDI

urdu.uz;TYUTORLAR UCHUN  DOIMIY SEMINAR ISHINING NAVBATDAGI YIG'ILISHI  BO'LIB O'TDI

urdu.uz;TYUTORLAR UCHUN  DOIMIY SEMINAR ISHINING NAVBATDAGI YIG'ILISHI  BO'LIB O'TDI

Ulashish: