Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Filologiya fakultetida yangi dissertatsiyaning kafedra muhokamasi o'tkazildi


2021-yilning 28-dekabr kuni soat 10:00 da Filologiya fakultetining 1-ma'ruzalar zalida O'zbek tili va adabiyoti kafedrasining navbatdagi ilmiy-nazariy seminari o'tkazildi. unda tayanch doktorant Atajanov Sarvar Samandarovichning 10,00,02 O'zbek adabiyoti ixtisosligi bo'yicha filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan "Erkin Samandarning folklorizmlardan foydalanish mahorati" mavzusidagi dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi bo'lib o'tdi. Ushbu muhokamada kafedraning barcha professor-o'qituvchilari, doktorantlar va magistr talabalar ishtirok etishdi. Seminarda dissertatsiya qizg'in muhokama qilindi va bir qator savol-javoblar o'tkazildi. Muhokama davomida Filologiya fakulteti dekani, dotsent Dilshod G'ayipov, professor Hamdam Abdullayev, dotsent Salomat Matkarimova, dotsent Bekposhsha Rahimovalar  so'zga chiqib, ilmiy ish haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Taqrizchilar dotsent Manzura Pirnazarova va Venera Ataxanovalar ishni tahlil qilish borasida bir qator takliflarini aytib o'tishdi. seminar yakunida dissertatsiya 100% ovoz bilan keyingi jarayonga tayyor deb topildi.   

Ulashish: