Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Urganch davlat universiteti professor-o’qituvchilari uchun kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo’yicha seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda

2022-yilning  10-yanvar kunidan Urganch davlat universitetida  pedagog va xodimlar uchun  seminar-treninglar oʻz ishini boshladi. 
Universitet rektorining buyrugʻiga asosan, Oʻquv-uslubiy boshqarma  tomonidan fakultetlar kesimida  ushbu qisqa muddatli kurslarni olib boruvchi trenerlar roʻyxati va dars jadvali shakllantirildi. 

Mazkur kurslarni tashkil etishda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi  hamda  Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazining oʻquv dasturidan unumli foydalanilmoqda.

Seminar-treninglarda Hemis dasturida ishlash, Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, Kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati va o‘zlashtirishni baholash tizimi,  tizimda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, Kredit-modul tizimini raqamlashtirish, Kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ishi va ARM faoliyatini tashkil etish, Kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati va o’zlashtirishni baholash tizimi, xorijiy davlatlardagi ushbu tizimning muhim tamoyillari to’g’risida ma’lumotlar berilmoqda. 

Seminar-treninglarda tinglovchilar o’zlarining fikr-mulohazalari, savol-javoblari va bahsli jarayonlari bilan faol qatnashmoqdalar.

 Seminar-treninglar  22-yanvarga qadar davom etadi.

urdu.uz, Urganch  davlat universiteti professor-o’qituvchilari uchun kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo’yicha seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda

Ulashish: