Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDUning xorijlik talabalari uchun gala-konsert namoyish etildi


2022-yil 13-yanvar kuni  Urganch davlat universiteti, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Xorazm viloyat Madaniyat boshqarmasi hamda Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi  hamkorligida  universitet Madaniyat saroyida TTJda yashovchi  xorijlik talabalar uchun gala-konsert tashkil etildi.

Gala-konsert avvalida  UrDU Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori S.Davletov hamda Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Baltayevlar  hafta davomida mazkur hamkor tashkilotlar bilan birgalikda  “Besh tashabbus – besh imkoniyat”  shiori ostida oʻtkazilgan turli  sport musobaqalari, viktorina va  tanlovlarda gʻolib va sovrindor boʻlgan talabalarni,  shuningdek, “Chempion va yoshlar” uchrashuvi va  tadbirlarda faol qatnashgan talaba-yoshlarni   eʼlon  qilib, hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan sovgʻalar bilan taqdirladilar. 

Shundan soʻng, viloyatimizning taniqli estrada xonandalari ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.  Madaniyat saroyiga yigʻilgan barcha yoshlar sahnada ijro etilgan kuy-qoʻshiqlardan zavq oldilar.

urdu.uz, UrDUning xorijlik talabalari uchun gala-konsert namoyish etildi

urdu.uz, UrDUning xorijlik talabalari uchun gala-konsert namoyish etildi

urdu.uz, UrDUning xorijlik talabalari uchun gala-konsert namoyish etildi

Ulashish: