Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida ochiq muloqot o‘tkazildi


Urganch davlat universitetida 2022-yil 22-yanvar sanasida  “Muassasada ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash masalalari” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Zafarbek Ibragimov ishtirokida oʻtgan ushbu ochiq muloqotda Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash boʻlimi boshligʻi Y.Djumaniyozova, universitet doktorantlari, yosh olimlar, mustaqil izlanuvchilar va OAV vakillari ishtirok etdilar.  Uchrashuv erkin muloqot tarzida olib borildi. 

Unda Z.Ibragimov soʻzga chiqib, ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pеdagogik faoliyat haqida, universitetda ilmiy ishlarning borishi, ilmiy salohiyatni oʻsishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar,  xorij mamlakatlarining oliy taʼlim muassasalari bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari,  doktorant  va yosh olimlarni stajirovkalarga joʻnatish,  bugungi kunda oliy taʼlim tizimida chet tillarini oʻrganishni kun tartibidagi dolzarb masalaga aylanganligi xususida yigʻilganlarga atroflicha maʼlumot berdi.

Qolaversa, ilmiy etiketga amal qilish, ilmiy madaniyatni oshirish, bu borada xorijiy til bilish zaruratlari,  ilmiy maqola va dissertatsiya yozishni oʻziga xos muhim jihatlari va bunda ilmiy rahbarning oʻrni haqida oʻz fikr-mulohazalarini bayon etib, zarur tavsiyalar berdi. Shuningdek, ochiq muloqot davomida yosh olimlarning oʻz ilmiy izlanishlari doirasidagi savollariga batafsil javoblar berdi.

Ochiq  muloqot  Xorazm televideniyasi xodimlari tomonidan tasvirga olindi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ochiq muloqot o‘tkazildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ochiq muloqot o‘tkazildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ochiq muloqot o‘tkazildi

Ulashish: