Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Diqqat, tanlov!


Hurmatli talabalar,  doktorant va tadqiqotchilar,  professor-o'qituvchilar!  

Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi  hamda Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash “Ulug’bek” jamg’armasi   “Yangi Oʻzbekistonning iste’dodli yoshlari”  ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanlovini eʼlon qiladi. 

TANLOV SHARTI:

Tanlovga texnika va texnologiya, axborot texnologiyalari, tibbiyot, qishloq va suv xo’jaligi, arxitektura va qurilish sohalari bo’yicha  tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalariga asoslangan ishlanmalar (qurilma, asbob –uskunalar va boshqalar) qabul qilinadi. 

Tanlov g’oliblari:
1-o’rin uchun 30 000 000 (o’ttiz million ) so’m
2-o’rin uchun 20 000 000 (yigirma million) so’m
3-o’rin uchun 10 million (o’n million) so’m pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

Bunda tanlovning har bir yo’nalishi bo’yicha g’oliblar alohida-alohida aniqlanadi.
Tanlovda har bir yo’nalish kesimida:
1-o’rin g’oliblari uchun ( 5 nafar ) jami – 150 mln so’m;
2-o’rin g’oliblari uchun ( 5 nafar ) jami – 100 mln so’m;
3-o’rin g’oliblari uchun ( 5 nafar) jami – 50 mln so’m ajratiladi.
                  
ESLATMA:
Tanlov  2022-yil fevral-aprel oylarida o’tkaziladi.Ilmiy –innovatsion ishlanmalar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish boshqarmasiga (nauka@edu.uz electron manzili, telegram: 97 746 37 21) elektron shaklda taqdim etiladi. Mazkur tanlovda 40 yoshgacha bo’lgan talabgorlar ishtirok eta oladi.

Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

urdu.uz, Diqqat, tanlov!

Ulashish: