Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy taʼlim, mahalla va maktab hamkorligi


Oliy taʻlim muassasalarining mahalla fuqarolar yigʻinlari va umumtaʼlim maktablari bilan oʻzaro hamkorligini yanada mustahkamlash hamda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko`maklashish bo`yicha Urganch davlat universiteti  qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, 2022-yil 3-fevral sanasida Sanʼatshunoslik fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari  Xiva shahar 55-sonli "Qiyot" mahallasi va 16-sonli umumtaʼlim  maktabi  bilan hamkorlikda uyushmagan yoshlar uchun  “San’at olamiga tashrif” mavzusida suhbat o‘tkazildi.  Suhbatda “Musiqa taʻlimi” kafedrasi mudiri N. Allayarova    “Xorazm sanʼatining beqiyos qirralari” mavzusida  mahalla yoshlariga maʼlumot berdi.  Shundan soʻng,  “Musiqa taʻlim”  yoʻnalishining  iqtidorli talabalari tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi.  
Uchrashuv yakunida  maktab oʻqituvchilari hamda  "Qiyot" mahallasi raisi B.Rajabov  bilan hamkorlikda kelgusida qilinishi kerak bo`lgan ishlar rejalashtirib olindi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish,  uyushmagan yoshlar bilan uchrashuvlar hamda  mahallada yoshlar uchun tashkil etilgan tadbirkorlik oʻquv kurslar tashkil qilinishi rejalashtirildi.

urdu.uz, Oliy taʼlim, mahalla va maktab hamkorligi

urdu.uz, Oliy taʼlim, mahalla va maktab hamkorligi

urdu.uz, Oliy taʼlim, mahalla va maktab hamkorligi

Ulashish