Joriy yilning 7-fevraldan 24-fevralga qadar respublikamizdagi barcha taʻlim muassasalari bosqichma-bosqich anaʼnaviy taʻlim shaklga oʻtkazilmoqda.
Anʻanaviy taʻlimning boshlanishi munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlaridan iborat ishchi guruh shakllantirildi.
Bugun erta tongdan ishchi guruh tomonidan universitetning barcha fakultetlarida anʼanaviy dars jarayonlarining belgilangan talablarga amal qilgan holda boshlanishi nazoratga olindi.
Barcha oʻquv binolarining kirish-chiqish joylari antiseptik vositalar va tibbiy niqoblar bilan taʼminlangan. Talabalarga niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish koʻrsatmasi berilmoqda.


