Seminar Urganch shahar 1-son umumiy o`rta maktabida bo`lib o`tdi. Ushbu seminar davomida maktab o`qituvchilariga maktablarni ilmiy tomondan o`rganish haqida ma`lumotlar berildi. Seminar boshida “Classroom management” mavzuning dolzarbligi tushuntirib berildi: “One-size fits all” kabi metodlardan asta –sekinlik voz kechich kerakligi misollarda berildi, maktab o`qituvchilari maktabni ilmiy tomondan o`rganish orqali maqola yozishni o`rganishlari mumkinligi, shuningdek sinflarni ilmiy metodlar orqali o`rganilganda maktabdagi muammolar yuzaga chiqishi va ularga yechim topish osonlashishi mumkinligi haqida tushuntirildi.
Seminar davomida bir nechta metodlar tanishtirildi; sinfxona dizayni, tashkiliy ya`ni darsni vaqtida boshlash va o`quvchilardan shuni talab qilish, mashqlar bo`yicha yo`riqnoma berish tartibi, dars qoidalari, o`quvchilarga mustaqil mavzuni tushunib, kerakli tushunchalarni o`rganishga imkon berish, topshiriqlar kundalik muammolarni hal qilishga va ulardan tanqidiy fikrlashga qaratilgan bo`lishi, haftalik mavzular bo`yicha uni yoritib berishda yaxshi va yomon tomonlarini ochib berishga (Pros and cons) va dars mavzulari o`quvchilarni kreativ va tanqidiy malaka va ko`nikmalarini mustahkamlashga qaratilishi muhimligi metodlar orqali yoritildi. Seminar davomida o`qituvchilar savollariga javob berib borildi.