Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy taʼlim, mahalla va maktab hamkorligi


2022-yil  11-fevral kuni  Pedagogika fakulteti professor-o'qituvchilari, tyutorlari va talabalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.Mirziyoyevning  “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Yangiariq tumani Ma'naviyat bo'limi bilan hamkorlikda "Arboblar" mahallasi yoshlari, 13-son maktab o'quvchilari ishtirokida  shoh va shoir, buyuk davlat arbobi, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etdilar. 

Tadbirda “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari dotsent A.Atajonova va G.Jumaniyozovalar shoir ijodining jahon tamaddunidagi o’rni haqida ma’ruza o’qidilar. Fakultet tyutor va  talabalari tomonidan g’azal va ruboiylar aytildi. Shuningdek, shoirga atab yozgan she’rlaridan namunalar o’qildi. Tadbirda maktab o'quvchilari ham o’z chiqishlari bilan faol qatnashdilar. Tadbir so’nggida o’quvchilar Z.M.Bobur hayoti va ijodiga oid viktorina savollariga javob berib, faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

urdu.uz,oliy taʼlim, mahalla va maktab hamkorligi

urdu.uz,oliy taʼlim, mahalla va maktab hamkorligi

urdu.uz,oliy taʼlim, mahalla va maktab hamkorligi

Ulashish