Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rahbar va yoshlar uchrashuvi


2022-yilning 11-fevral kuni UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Sanjarbek Davletov   Pedagogika fakulteti dekan muovini X.Siddiqov hamrohligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 10-sinf oʻquvchilari bilan uchrashdi.  

Uchrashuvda  prorektor S.Davletov soʻzga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim-tarbiyaviy ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar,  yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish borasidagi muhim masalalar haqida atroflicha toʻxtaldi. Qolaversa,  davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz rivojining kelgusi 5 yilligi belgilab berilgan "2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmoni  mazmun-mohiyati, xususan ushbu Farmonning  taʼlimga oid bandlari haqida oʻquvchilarga maʼlumotlar berdi.  

“Albatta, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan bu imkoniyat va sharoitlar aynan siz yoshlarimiz, kelajagimiz vorislari uchundir!”-deya taʼkidladi S.Davletov.

Erkin muloqot shaklidagi ushbu uchrashuvda  S.Davletov yoshlar bilan ularning  fikr- mulohazalari, qiziqish va maqsadlari haqida suhbatlashib, zarur tavsiyalar berdi.

urdu.uz, Rahbar va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Rahbar va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Ulashish