Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

“She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi shoh va shoir, olim, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlandi

2022-yilning  14-fevral sanasida   “She’riyat shohsupasi”  ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.  Unda Filologiya  fakultetining  bir-biridan ilg‘or, iste’dodli va adabiyotning chin muxlislari she’riyat maydonida bahsga kirishdilar.

✔️Tadbirni "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova  ochib berdi. 

✔️Tadbir davomida talabalar tomonidan ijro etilgan o'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan shoir Z.M.Bobur ijodiga mansub she‘rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar qalbidan chuqur joy egalladi. Tadbirning har bir ishtirokchisi buyuk ajdodimiz Z.M.Bobur ijodini chuqur his qilib, ushbu chiqishlar ularni  she’riyat madhi yo‘lida yanada birlashishlariga xizmat qildi. 

✔️Ko‘rik-tanlovda Filologiya fakultetining  10 nafar ishtirokchilari  barcha shartlarda faol qatnashib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi.  Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o'rin:  215-guruh talabasi Ozodova Gulzora
2-o'rin:  202-guruh talabasi Bekchanova Sharifa
3-o'rin:  202-guruh talabasi Soburyazova Farangiz
Mazkur tadbir 203-o'zbek tili guruhi talabalari tomonidan tashkillashtirildi.

✔️Tadbir so‘nggida tanlov g‘oliblari hamda kechaning  faol talabalariga  “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova  tomonidan Faxriy yorliqlar topshirildi.
Adabiy-badiiy kecha juda ko‘tarinki ruhda, jo‘shqin kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

urdu.uz, “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi shoh va shoir, olim, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlandi

Ulashish