Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida "Gulshanaro gulchehralar" nomli ko'rik-tanlov oʻtkazildi


O'zbek xalqinining sadoqat va vafo timsoli bo'lgan Zulfiyaxonim hayot yo'li va ijodi bilan talaba-yoshlarni tanishtirish, shoira ijodini keng targ'ib qilish hamda shunday fidoiy va irodali ayol timsolida har bir o'zbek ayolining ma'naviy qiyofasini ko'rsatib berish  orqali talaba-qizlarni ma'naviy-axloqiy, estetik jihatdan kamol toptirish, muomala madaniyati mezonlari  hamda oilaviy hayotga tayyorlash, eng muhimi ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishlariga ko'maklashish maqsadida 2022-yilning 1-mart sanasida Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan  "Gulshanaro gulchehralar" nomli ko'rik-tanlovning  oʻtkazildi.

Koʻrik-tanlovni UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib,  yigʻilganlarni bahor ayyomi bilan qutladi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi. 

Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyati bo'limi hamkorligida tashkil etilgan ushbu koʻrik-tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli talaba-qizlar badiiy maydonda oʻzaro baxsga kirdilar. 

Tanlov 5 ta shart asosida oʻtkazilib, unda talaba-qizlar bor mahorat va isteʼdodlarini ishga soldilar.  Ushbu ko'rik-tanlov natijalariga koʻra, Filologiya fakulteti talabasi Shahrizoda Qo'ziyeva Oliy o'rin hamda "Zulfiyaxonimning munosib izdoshi" nominatsiyasiga ega bo'ldi. 

Shuningdek, Pedagogika fakulteti talabasi Yusupova Mohira va  Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi  Komiljonova  Anaxon 1- o'rin;
Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabasi Polvonnazirova Lobar 2-o'rin;
Xorijiy filologiya fakulteti talabasi Aminova Umida hamda Tarix fakulteti talabasi  Shomuratova Oydinoylar  3-o'ringa
munosib deb topildilar. 

Gʻoliblar va faol ishtirokchilar  Diplom hamda  esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

urdu.uz,   Urganch davlat universitetida "Gulshanaro gulchehralar" nomli ko'rik-tanlov oʻtkazildi

urdu.uz,   Urganch davlat universitetida "Gulshanaro gulchehralar" nomli ko'rik-tanlov oʻtkazildi

urdu.uz,   Urganch davlat universitetida "Gulshanaro gulchehralar" nomli ko'rik-tanlov oʻtkazildi

urdu.uz,   Urganch davlat universitetida "Gulshanaro gulchehralar" nomli ko'rik-tanlov oʻtkazildi

Ulashish