Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi Xorazm viloyat boʻlimi xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi


Bugun, 2-mart sanasida  Xorijiy filologiya fakultet professor-oʻqituvchilari, yuqori kurs talabalari hamda Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi Xorazm viloyat boʻlimi xodimlari bilan birgalikda  "Xorijiy tillarni oʻqitish va oʻrganishni sifat jihatidan yuqoriga chiqarish"  mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Xorijiy filologiya fakultet dekani Z.Jumaniyozov hamda agentlik rahbari  A.Quranboyevlar soʻzga chiqib,  bugungi kunda universitet va agentlik tomonidan til oʻrganish va oʻrgatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ishlar toʻgʻrisida ma’lumot berdilar. Shuningdek, mahalliy va xalqaro til bilish sertifikatlarni  qoʻlga kiritish imkoniyatlari, til oʻrganuvchilar, muayyan bilim darajasiga ega oʻqituvchilar, xodimlar uchun mavjud imtiyozlar, davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirildi. Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar  hamda professor- oʻqituvchilarning qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Soʻngra, xorijiy tillarga oid viktorina oʻtkazildi. Unda 5 nafar talaba viktorina gʻolibi sifatida agentlikning sovrinlariga ega boʻlishdi. 

urdu.uz, Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi Xorazm viloyat boʻlimi xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi Xorazm viloyat boʻlimi xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi Xorazm viloyat boʻlimi xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Ulashish