Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi


2022-yilning 4-mart sanasida Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida  maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda UrDU Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov,  Xorazm viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlari bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari M.Umurzakov, Musulmonlar idorasi Xorazm viloyati vakili, viloyatning bosh imom xatibi X.Abdullayev, Xorazm viloyati IIB xodimi E.Safayev hamda universitet talaba-yoshlari ishtirok etdilar. 

Tadbirni birinchi prorektor S.Davletov ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim-tarbiyaviy ishlar, talabalar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar,  yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish borasidagi muhim masalalar haqida soʻz yuritdi. 
Uchrashuvda tadbir mehmonlari tomonidan “Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, yoshlarni bilim olib, ma’naviy kamolotga erishishlari muhim davr talabi”, “Islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob maqsadlari” va “Internet va ijtimoiy tarmoqlarda orqali tarqalayotgan mafkuraviy hatarlar va ularni oldini olish masalalari” mavzularida maʼruzalar qilindi. Bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo'yicha so'z yuritilib, ushbu jarayonlarda fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ham muhimligi aytib o'tildi.
Tadbir yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

urdu.uz, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Ulashish