Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Profilaktik tadbirlarni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan muloqot boʻlib oʻtdi


2022-yilning 9-mart kuni Urganch davlat universitetida yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish boʻyicha profilaktik  tadbirlarni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan muloqot boʻlib oʻtdi.
Unda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Sh.Bobojonov, O.Xudayberganov, Q.Boboyevlar,  barcha fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari, fakultetlarning  Tyutorlar kengashi raislari va faol tyutorlar,  Yoshlar ittifoqi aʼzolari ishtirok etdilar. 

Uchrashuv UrDU Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov raisligida oʻtkazildi. 
Tadbirda mamlakatimizda qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi va bu borada talabalar ishtirokida profilaktik  tadbirlarni  tashkil etish  boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.

Ulashish