Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorazm viloyatida "Mobil metodik guruh" ish boshladi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta‘limi vazirligining 2022-yil 1-martdagi “Umumta’lim maktablari pedagoglari bilimini yaxshilash hamda yangicha o’qitish uslublarini tushuntirish bo’yicha “Mobil metodik guruhlar” faoliyati tartibini belgilash to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, viloyatdagi akademik-litsey hamda umumta’lim maktablari malakali o‘qituvchilaridan tashkil topgan “Mobil metodik guruh” shakllantirildi.

Bog'ot tumani umumta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilarning bilimlarini diagnostika qilish natijasida aniqlangan bo'shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan o'quv mashg'ulotlari joriy yilning aprel oyida bo'lib o'tmoqda.

O'qituvchilar tomonidan dars mashg’ulotlarini olib borish uchun ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, intensiv o’quv kurs dasturlari ishlab chiqilgan.

Ulashish: