Konferensiya kunning ikkinchi yarimida ham oʻz ishini davom ettirdi. Xususan, unda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev ishtirok etib, maʼruza qildi. Soʻzi yakunida mehmonlarga tashrif uchun, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga esa tashkilotchiligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Oʻquv-seminarda Yuristlar malakasini oshirish markazi “Ommaviy huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori Lola Saidova “Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini dolzarb masalalari”, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi yetakchi mutaxassisi D.Solixo‘jayeva “Oliy ta’lim muassasalarida talaba-qizlarni mustaqil hayotga tayyorlashda oila va mahalla hamkorligi uzviyligini ta’minlash mexanizmlari” mavzusida zaldan turib, BMT ning Aholishunoslik jamg‘armasining Gender va zo‘ravonlik masalari bo‘yicha eksperti Venera Ermetova “Ta’limda gender yondashuvi va gender sezgirlilikning ahamiyati” mavzusida ZOOM dasturi orqali maʼruza qildilar.
Seminar ishi davom etmoqda.



