Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Respublika oʻquv-seminari aʼzolari universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar

Urganch davlat universitetida xotin - qizlarning ijtimoiy - siyosiy faolligini oshirish bo'yicha oʻtkazilgan respublika o'quv-seminari doirasida mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Xususan, universitetning asosiy  binosi, shu jumladan, Xorijiy filologiya fakultetining sharoitlarini koʻrdilar. Fakultetning xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati bilan tanishdilar. Tanishuv paytida fakultetda talaba-qizlar uchun yaratilgan sharoitlarni o'rgandilar, o'quv jarayonlarini kuzatdilar.  Mehmonlarga Xorijiy filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi R.Abidova hamrohlik qilib,  universitetning tashkil etilishi, universitet oldiga qo‘yilgan vazifalar, uning strategik maqsadlari, universitetdagi mavjud fakultetlar va kafedralar faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, talaba-qizlarning yutuqlari haqida maʼlumotlar berib bordi. 

Shundan soʻng, mehmonlar fakultetlarning  xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari hamrohligida 5-sonli Talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. Talabalarning yashashi, dam olishi, o’z ustida mustaqil ishlashi, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi uchun yaratilgan sharoitlarni guvohi boʻlishdi. U yerdagi toʻgaraklar faoliyati, undagi davomiy ish jarayoni, talabalarning sevimli mashgʻulotlari bilan bandligi, ularning qiziqishlari  mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.  

urdu.uz, Respublika oʻquv-seminari aʼzolari universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar

Ulashish