Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorazm viloyatida ilk marotaba "Zakovat" klubi mavsumiy o‘yinlariga start berildi


2022-yil 21-aprel kuni Urganch davlat universiteti binosida "Zakovat” intellektual klubi NNT Xorazm viloyati  "Zakovat" klubi mavsumiy o‘yinlari ochilish marosimi va 1-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Turnir avvalida  UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov va UrDU rektor maslahatchisi R.Sharipov hamda “Zakovat” intellektual klubi NNT Xorazm viloyati koordinatori, "Shuhrat" medali sohibi A.Matkarimovlar ochib berishdi.

Turnirda viloyatimizning barcha tuman va shaharlardan davlat va nodavlat tashkilotlari  xodimlari, uyushmagan yoshlar, o‘quvchilar hamda talabalar va boshqa turli soha vakillaridan tashkil topgan 52 ta jamoa tarkibida 312 nafar bilimdonlar ishtirok etishdi.

1-tur natijalaridan so‘ng,  Urganch davlat universitetining “ReMIX”  jamoasi hamda “Renessans”  jamoalari 14 ball bilan turnir jadvalida yetakchilik qilishmoqda.
Turnir viloyat koordinatori A.Matkarimov, "Kelajak bunyodkori" medali sohiblari N.Xodjayev va B.Jumanovlar hamda koordinator I.Babajanovlar tomonidan olib borildi.

urdu.uz, Xorazm viloyatida ilk marotaba "Zakovat" klubi mavsumiy o‘yinlariga start berildi

urdu.uz, Xorazm viloyatida ilk marotaba "Zakovat" klubi mavsumiy o‘yinlariga start berildi

urdu.uz, Xorazm viloyatida ilk marotaba "Zakovat" klubi mavsumiy o‘yinlariga start berildi

Ulashish: