Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Viloyatimiz markazidagi sport majmuasida "Futbol shou" bo'lib o'tmoqda


Sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish, aholi orasida sportni ommalashtirish, Futbol sport turiga yoshlarni yanada qiziqtirish maqsadida Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov tashabbusi bilan  ayni daqiqalarda Urganch shahri markazida joylashgan sport majmuasida "Futbol shou" bo'lib o'tmoqda.

Unda Xorazm viloyat hokimligi, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari  rahbarlari va xalq ta'lim vakillari hamda talabalar o'rtasida  futbol bo'yicha musobaqa o'tkazilmoqda.

Shouni Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov ochib berib, jamoalarga omad tiladi.

Ushbu musobaqada Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev boshchiligida universitetning barcha prorektorlari va boshqa rahbar xodimlari ham ishtirok etib, futbol maydonida bahsga kirishmoqdalar.

Shouning kun tartibidan konsert dasturlari ham o'rin olgan bo'lib, bu esa dam olish kunining yanada mazmunli o'tishiga zamin yaratmoqda.

urdu.uz, Viloyatimiz markazidagi sport majmuasida "Futbol shou" bo'lib o'tmoqda

urdu.uz, Viloyatimiz markazidagi sport majmuasida "Futbol shou" bo'lib o'tmoqda

urdu.uz, urdu.uz, Viloyatimiz markazidagi sport majmuasida "Futbol shou" bo'lib o'tmoqda

urdu.uz, Viloyatimiz markazidagi sport majmuasida "Futbol shou" bo'lib o'tmoqda

 

Ulashish: