Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun matematika fani bo‘yicha xotira turnirining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

2022-yilning 5-may kuni Urganch davlat universitetida umumta’lim maktablari o‘quvchilari oʻrtasida  Matematika fani bo‘yicha xotira turniri oʻtkazildi. Ushbu turnir uzoq yillar davomida UrDUda samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab oʻtkazildi. 

Unda viloyatning barcha maktablaridan matematika faniga qiziqishi baland, iqtidorli oʻquvchilar qatnashib,  kunning birinchi yarmida olimpiada masalalarini yechdilar. Kunning ikkinchi yarmida esa universitet Madaniyat saroyida gʻoliblarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Unda UrDU rektori Bahrom Abdullayev soʻzga chiqib, turnirda ishtirok etgan barchaga oʻz minnatdorchiligini, samimiy tilak va istaklarini bildirdi. Urganch davlat universitetida matematika sohasida erishilgan yutuqlar, yaratilgan sharoitlar haqida gapirdi. Maktab oʻquvchilarini qunt bilan oʻqib, shu dargohning talabasi boʻlishlariga chaqirdi. Oʻquvchilarning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tiladi. 

Shundan soʻng, olimpiada gʻoliblarini eʼlon qilindi.  Qayd etish joizki, olimpiada natijalari A (5-6 sinflar), B (7-8 sinflar) hamda C (9-10 sinflar) darajalar boʻyicha baholandi.  

A (5-6 sinflar) darajaga koʻra:
I oʻrin – Polvonnazirova Diyora – Xiva tumani 28-IDUM 
II oʻrin – Jumamuratova Shakira– Gurlan tumani 41-maktab 
III oʻrin – Po`latov Zayniddin – Xonqa tumani 7-IDUM

B (7-8 sinflar) darajaga koʻra:
I oʻrin – Nazarboyev Otanazar– Gurlan tumani 41-maktab
II oʻrin –  Davletboyev Azizbek– Gurlan tumani 41-maktab
III oʻrin – Umarjonov Shohruh -  Hazorasp tumani 1-IMI 
 
C (9-10 sinflar) darajaga koʻra:
I oʻrin – Ismoilov Asadbek – Bogʻot tumani  3-AFCHOIMI
II oʻrin – Ismoilov Umrbek – Hazorasp tumani 1-IMI
III oʻrin – Abdullayev Saʼdulla – Hazorasp tumani 1-IMI

Barcha gʻoliblarga universitet rektorining Diplomlari hamda esdalik sovgʻalari, shuningdek, ushbu olimpiada ishtirokchilarining oʻqituvchilariga Tashakkurnomalar  topshirildi. 
Shuningdek, faol ishtirok etgan bir guruh oʻquvchilarga Faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Alohida taʼkidlash joizki, olimpiadachilarni taqdirlashda UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashi tomonidan ham eng yuqori reyting ball to'plagan qizlar uchun "Ustozlar e'tirofi" nominatsiyasi joriy qilindi. Unda 3 nafar faol qizlar Xotin-qizlar kengashining  Faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

urdu.uz, Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun matematika fani bo‘yicha xotira turnirining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Ulashish