Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Korrupsiyadan holi soha: talabalar bilim va saviyalarini baholash mexanizmi va uning natijadorligi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi


2022-yilning 6-may sanasida Urganch davlat universitetida “Korrupsiyadan holi soha: Talabalar bilim va saviyalarini baholash mexanizmi va uning natijadorligi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Unda UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayns-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i X.Shixova, Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Gʻ.Matlatipov,  universitet rektorining maslahatchisi R.Sharipov hamda Tabiiy fanlar va Fizika-matematika fakultetlarining talabalari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanida mutasaddilar tomonidan Urganch davlat universitetida  talabalar bilim va saviyalarini baholash mexanizmi va uning natijadorligi oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar, oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʼgʼrisidagi nizomning mohiyati, turli korrupsion holatlarni oldini olishda hamda taʼlim sifati samarali boʻlishida talaba va oʻqituvchining birdek masʼulligi, talabalar bilimini baholashda eʼtibor berilishi lozim boʻlgan jihatlar, imtihon jarayonlarini shaffofligini taʼminlash masalalari,  kredit-modul tizimining ahamiyatli tomonlari haqidagi  maʼlumotlar talabalar diqqatiga havola etildi.

Shuningdek, korrupsiya nima, hozirgi kunda dolzarb boʻlgan akademik korrupsiya tushunchasi va uning oldini olish borasida universitetda amalga oshirilayotgan ishlar haqida  atroflicha soʻz yuritildi.

Oʻz navbatida talabalar ham savollar bilan murojaat qilib, masʼullardan tegishli javoblar oldilar.

urdu.uz, “Korrupsiyadan holi soha: talabalar bilim va saviyalarini baholash mexanizmi va uning natijadorligi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi

urdu.uz, “Korrupsiyadan holi soha: talabalar bilim va saviyalarini baholash mexanizmi va uning natijadorligi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi

urdu.uz, “Korrupsiyadan holi soha: talabalar bilim va saviyalarini baholash mexanizmi va uning natijadorligi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi

Ulashish