Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Hurmatli universitet jamoasi!


urdu.uz;Urganch davlat universiteti ma‘muriyati barchangizni 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” bilan chin qalbdan samimiy tabriklaydi!

 

Urganch davlat universiteti ma‘muriyati barchangizni 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” bilan chin qalbdan samimiy tabriklaydi!

Tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik inson uchun eng muhim hayotiy zarurat. Tinchlik bo‘lmas ekan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi, taraqqiy etmaydi.

O‘zbek xalqi azal-azaldan tinchliksevar xalq. Buyuk milliy ma’naviy merosimizda ham aynan shu g‘oya targ‘ib qilingan. 9-mayni  Xotira va qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad, tinchlikni ulug‘lash yotibdi.

Bugun ham safimizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mashaqqat chekkanlar bor. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarni esa qadrlash juda savobli ish.

Siz, azizlarga va sizlarning timsolingizda butun oila a’zolaringizga  chuqur hurmat-ehtiromimiz va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

UrDU Matbuot xizmati

Ulashish