Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

"Vatanni himoya qilish, sharafli, olijanob va masʻuliyatli burch" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Bugun mazkur tadbir Tabiiy fanlar fakultetining 196-biologiya (rus), 193-kartografiya va 211-biologiya(rus) guruhlari talabalari ishtirokida fakultet tyutori K.Ibodullayev boshchiligida oʻtkazildi.

Tadbirga Xorazm viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi faxriysi, isteʼfodagi mayor, Urganch shahar 24-son umumtaʼlim maktabi Milliy gvardiyaga ixtisoslashtirilgan guruh komandiri J.Niyozmetov taklif qilindi.

«Vatanparvar - o'z vatani kamoloti yo'lida o'z xalqiga muhabbati tufayli moli, kuch-g'ayrati tugul jonini ham ayamaydigan, xalqi va vatanining ozodligi, farovonligi uchun bor kuchini fido qiluvchi insondir», - deya taʼkidladi tadbir mehmoni.

Yurt tinchligini himoya qilishda har bir soha vakillari o'z sohasi doirasida hissa qo'shishlari lozimligi uchrashuv maʼruzalarining mazmunini tashkil etdi. 

urdu.uz, "Vatanni himoya qilish, sharafli, olijanob va masʻuliyatli burch" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Ulashish