Close

Korrupsion holatlarni oldini olish va taʼlim sifatini yanada oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladi. Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaviy jinoyatlarni oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qoʻyishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Urganch davlat universitetida ham bu borada qator tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. 

 Joriy yil 22-iyun kuni Urganch davlat universiteti Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'I K.Babadjonov, rektor maslahatchisi R.Sharipov, Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” bo‘limi boshligʻi H.Shihovalardan iborat ishchi guruh  D.G`ayipov rahbarligidagi Filologiya fakulteti jamoasi: professor-oʻqituvchilari, ishchi xodimlari hamda tyutorlari bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

 Uchrashuvda taʼlim sifatini yanada oshirish, odob-axloq va ichki-tartib qoidalariga boʻysunish, talabalarni bilimini oshirishda maʼlumotlarni toʻgʻri yetkaza bilish va til oʻrganish koʻnikmalarini shakllantirish, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish, talabalar oʻrtasida hamda universitetda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish va bunda keng jamoatchilik ishtirokini kengaytirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha soʻz yuritdilar.

 Korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan qonun va qonunosti hujjatlari, “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvi, yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berdilar.

 Bu kabi tadbirlarni oʻtkazishdan maqsad – yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bilan bir qatorda, yurtimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bu jarayonlarda jamoatchilik ishtirokini kengaytirishda muhim oʻrin egallaydi.

urdu.uz, Korrupsion holatlarni oldini olish va taʼlim sifatini yanada oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda

Ulashish: