Close


Fakultetimizda bitiruv-malakaviy ishi himoyalari bo'lib o'tmoqda


Joriy yilning 23-iyun kuni Urganch davlat universiteti Filologiya fakultetida   bitiruvchi talabalarning  bitiruv-malakaviy ishi himoyasi bo'lib o'tmoqda. 
Mazkur bitiruv malakaviy ishi himoyasida Davlat attestatsiyasi komissiyasi raisi, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bosh ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, professor I.Haqqulov,
Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori I.Yaqubov, Filologiya fakulteti dekani D.G'ayipov, Xorazm viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, DAK a'zosi B.Tillayev, O'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri  A.Primov, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.Matkarimovalar ishtirok etdilar. Bitiruv malakaviy ishi himoyasida bitiruvchilar tomonidan tanlangan mavzular bo‘yicha qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘luvchi taklif va mulohazalar keltirildi. Komissiya a’zolari tomonidan bitiruvchilar bitiruv malakaviy ishi obyektiv baholab borilmoqda.

Ulashish: