Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti Filologiya fakultetida fan arboblari, taniqli olim, professorlar tomonidan mahorat darslarining o'tkazilishi davom etmoqda


Joriy yilning  23-iyun sanasida Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori, f.f.d I.A.Yoqubovning fakultet talabalari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil qilindi. Ma'ruzada "Adabiy tanqidning adabiy-tarixiy jarayondagi o'rni",  XX-XXI asr adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari, shu jumladan, Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romanida tarixiy haqiqat talqini mavzusiga ham alohida to'xtalib o'tildi. Dars qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi. Mahorat darsi yakunida Filologiya fakulteti dekani, f.f.d. D.G'ayipov tomonidan f.f.d., professor I.Yoqubovga ta'lim muassasa talabalariga yuqori saviyada dars mashgʻulotlari olib borganligi bois dekanat tomonidan faxriy yorliq hamda fakultetda o'tkazilgan respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari to'plamlari jamlanmasi topshirildi.

Ulashish: