Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida «Yangi O‘zbekiston - inson qadri ulug‘langan yurt!" shiori ostida nuroniylar va yosh avlod vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

2022-yil 14-iyul kuni Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi Urganch shahar bo‘linmasi hamkorlikda «Mening Konstitusiyam!“, «Yangi O‘zbekiston - inson qadri ulug‘langan yurt!" shiorlari ostida nuroniylar va yosh avlod vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Unda Muzey direktori, dotsent Yulduzxon Raxmanova va O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi Abdulla Sabirovlar tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha ishtirokchilar bilan suhbat o‘tkazdilar. Konstitusiyaga taklif etilayotgan o‘zgarishlar va qo‘shish taklif etilgan moddalar to‘g‘risida amaldagi Konstitusiya bilan taqqoslagan holda tushuntirib berdilar.

Uchrashuvda tadbir ishtirokchilari tomonidan keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan, oliy maqsadga erishish uchun aholini qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanganligini, bugungi yoshlarimiz mamalakatimizning ertangi kelajagi, yurtimiz tinchiligini asrab-avaylashi kerakligini bildirdilar. 

Tadbir soʻnggida “Inson – aziz, xotira - muqaddas” degan gʻoya asosida tadbir ishtirokchilariga muzey bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

urdu.uz, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida «Yangi O‘zbekiston - inson qadri ulug‘langan yurt!" shiori ostida nuroniylar va yosh avlod vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Ulashish: