Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning soʻnggi kuni boʻlib oʻtmoqda


Bugun, 9-avgust kuni Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti yoʻnalishi boʻyicha, sirtqi), Sport faoliyati:futbol (kunduzgi), Musiqa taʼlimi (sirtqi) yo'nalishlarida imtihonlar o'tkazilmoqda va bugun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning soʻnggi kuni hisoblanadi.

Urganch davlat universitetining 2022/2023-o'quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o'tkazish grafigi asosida 1-9-avgust kunlari boʻlib oʻtgan ushbu sinovlarda jami 2383 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bakalavriatning kunduzgi va sirtqi shakllari boʻyicha 10 ta yoʻnalishda va doimiy kamera kuzatuvida boʻlib oʻtdi. 

Natijalar esa shu kunning oʻzida univeristetning veb saytiga (https://urdu.uz/uz/site/active?id=199), rasmiy ijtimoiy tarmoqlariga (https://t.me/URDU_PRESSA/19538)  joylanmoqda hamda universitet hududiga kiraverishga ilib qoʻyilmoqda.

Ulashish: