Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorazm viloyatida oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun talabgor abituriyentlar test sinovlarida qatnashmoqdalar


Test sinovlari Urganch  shahridagi "Xorazm" sport majmuasi o'yingohlari va "Yoshlik" sport majmuasida boʻlib oʻtmoqda.

Viloyatda imtihonga puxta tayyorgarlik koʻrilib, barcha sharoitlar yaratilgan. Joylarda kuzatuv kameralari oʻrnatilgan. Test sinovlari shaffoflik asosida oʻtkazilmoqda.

Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari test jarayonlarida qatnashadigan abituriyentlarning kirishlarida tartib-intizomni saqlashda faol xizmat qilmoqdalar.

Bugun UrDU rektori B.Abdullayev ham jarayonlarni kuzatish maqsadida test o'tkazilayotgan hududlarda bo'lib, abituriyentlar bilan suhbatda bo'ldi va test sinovlarida muvaffaqiyatli natijalarga erishishlarini tiladi.

Ulashish: