Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida оʼquv jarayonlarini tashkil etish yuzasidan seminar-trening оʼtkazildi

Oliy taʼlim muassasalarida оʼquv jarayonini kredit-modul tizimi asosida joriy etilishini takomillashtirish, оʼquv-uslubiy, normativ-huquqiy, tashkiliy va pedagogik masalalar yuzasidan 2022/2023-оʼquv yiliga mukammal tayyorgarlik kоʼrish, mazkur yоʼnalishdagi masʼul xodimlarning bilim va amaliy kоʼnikmalarini yanada kengaytirish maqsadida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari ishtirokida 2022-yil 20-22-avgust kunlari sayyor seminar-trening оʼtkazildi.

Shunday seminarlardan biri bugun Urganch davlat universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi masʼullari, jumladan, Oliy taʼlimning meʼyoriy-uslubiy taʼminoti boʻlimi bosh mutaxassisi B.Toʻraqulov, Toshkent davlat texnika universiteti Kredit-modul tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi M.Karimov, UrDU Kredit-modul tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi M.Xabibullayev, QDU Oʻquv boʻlimi boshligʻi B.Daumenovlar ishtirokida tashkil etildi.

Seminarni UrDU Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Gʻ.Matlatipov ochib berdi. 

Seminar davomida kredit-modul tizimini joriy o‘quv yilida keng targ‘ib qilish va uni talabalar, o‘qituvchilarga tushuntirish, fan va kasb tanlashga to‘g‘ri yo‘naltirish, bu tizimda oliy ta’lim muassasalari duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni tatbiq etish, muammo va takliflar yuzasidan fikrlar almashildi.

Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida оʼquv jarayonlarini tashkil etish yuzasidan seminar-trening оʼtkazildi;urdu.uz

Ulashish