Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni


Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida 31-avgust – “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni”ga bag‘ishlangan anjuman boʻlib oʻtdi

Anjumanda viloyatimizning qator davlat va jamoat arboblari, tarixchi olimlar, Urganch davlat universiteti rahbariyati boshchiligida professor-oʻqituvchilari, tyutorlari hamda iqtidorli talabalari, shuningdek, sobiq Shoʻro davrida qatagʻon qilingan ayrim yurtdoshlarimizning avlodlari ishtirok etdilar.

Anjumanni UrDU rektori Baxrom Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini taʼminlash yoʻlida mardonavor kurash olib borib, mustabid tuzum davrida qatagʻon qilingan qilingan ajdodlarimizning xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini oʻrganish, targʻib etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida toʻxtaldi.

Anjuman doirasida mazkur muzey direktori, t.f.n, dots. Y.Raxmanovaning “Xorazm xonlari avlodlarining qatag‘on qilinishi”Q.Holiqovning “Xorazm xoni Eltuzarxon avlodlarining achchiq taqdiri”, UrDU Tarix fakulteti t.f.n., dots, Q.Sobirovning “1937-38 yillardagi Katta qirg‘in”, mehnat faxriysi, jurnalist K.Olloquliyevning “Karvak qishlog‘idan qatag‘on qilinganlar taqdiri” mavzusidagi koʻplab maʻruzalar tinglandi.

Konferensiya yakunida O‘zbekiston xalq artisti Shirin Ramazanova talqinida “Usmon Nosir monologi” ijro etildi.

Muzeyga tashrif buyurgan mehmonlar anjuman asnosida muzeyning nodir kolleksiyasi bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.

urdu.uz, 31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

urdu.uz, 31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

urdu.uz, 31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

urdu.uz, 31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

Ulashish