Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida "Tanishtiruv haftaligi" bo'lib o'tmoqda


2022-2023-oʻquv yilida Urganch davlat universitetiga talabalikka tavsiya qilingan oʻgʻil-qizlar uchun “Tanishtiruv haftaligi” boʻlib oʻtmoqda. Unda universitet rahbariyati har bir fakultetning 1-kurs talabalari bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

Bugun, 6-sentabr kuni Xorijiy filologiya fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov ishtirok etib, soʻzga chiqdi. Soʻzi avvalida yurtimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarga toʻxtaldi. Shuningdek, universitetning  odob-axloq qoidalari, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar, faoliyati yoʻlga qoʻyilgan toʻgaraklar, talabalar turar joyiga joylashtirish masalalari hamda ijara toʻlovini qoplab berilishi haqida soʻz yuritdi.

Uchrashuvda fakultet dekani Z.Jumaniyozov, dekan muovinlari, tyutorlar  ishtirok etib, ta’lim jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirish berdilar.
Muloqot erkin tarzda, savol-javob yoʻsinida oʻtkazildi.

urdu.uz, Tanishtiruv haftaligi

urdu.uz, Tanishtiruv haftaligi

urdu.uz, Tanishtiruv haftaligi

urdu.uz, Tanishtiruv haftaligi

Ulashish